Samarqandda mushtumzo‘r BYD haydovchisini do‘pposladi (video)

3-sahifa

image

Samarqandda yo‘lning qatnov qismida to‘xtab olib, mushtumzo‘rlik qilgan Gentra avtomobili haydovchisi ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa avvalida Gentra haydovchisi avtomashinasi bilan BYD haydovchisining yo‘nalishiga chiqib olgani sababli og‘zaki tortishuv bo‘lgan. Shundan so‘ng u BYD haydovchisi ortidan quvib, uni jahl ustida urgan.

“Gentra rusumli avtomashinam bilan BYD haydovchisining yo‘nalishiga ozgina chiqib ketganim sababli og‘zaki tortishuv bo‘ldi. Shundan so‘ng uning ortidan quvib, jahl ustida uni urganim uchun haydovchidan ham, GAI xodimlaridan ham uzr so‘rayman”, degan haydovchi.

BYD haydovchisining aytishicha, Gentra haydovchisi unga yo‘l bermagani sababli bir necha marta mashinasini qisishga uringan. Shundan so‘ng haydovchilar yo‘lda to‘xtagan va ular o‘rtasida janjal kelib chiqqan.

Bildirilishicha, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-5-moddaning (Transport vositalari haydovchilarining xalaqit berishi yoki avariya holatini yuzaga keltirishi, yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomoniga yoki bo‘lagiga chiqishi) ikkinchi qismi hamda profilaktika inspektori tomonidan mayda bezorilik sodir etganligi uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasiga (Mayda bezorilik) asosan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudiga yuboriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida yo‘l harakati qoidasini buzib, boshqa haydovchini haqorat qilgan fuqaro 15 sutka ma’muriy qamoq jazosiga hukm qilingan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing