Samarqandda mudhish YTH natijasida aka-singil qurbon bo‘ldi

Jamiyat

image

Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar berdi.

YTH joriy yilning 31 avgust kuni taxminan soat 5:30 da Kattaqo‘rg‘on tumani “Balandravot” MFY hududidan o‘tuvchi “Samarqand-Buxoro” yo‘lida sodir bo‘lgan. Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida yashagan 30 yoshli A.B. Nexia avtomobilida Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi 21 yoshli E.G‘. boshqaruvidagi KamAZ rusumli yuk avtomashinasining orqa qismiga urilgan.

Natijada Nexia avtomashinasi haydovchisi A.B. jarohat olib voqea joyida vafot etgan va avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan 28 yoshli singlisi N.X. jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Samarqand

Baholaganlar

69

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing