Samarqandda mudhish YTH

Jamiyat

image

Samarqand shahrida ikki kishining bevaqt o‘limiga sabab bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda “Zarnews” xabar berdi.

YTH Kecha, 23 iyul kuni soat 04:00 larda Samarqand shahri Ibn Sino ko‘chasida sodir bo‘lgan. “Islom Ishqulovich” MCHJga tegishli yo‘nalishsiz taksi 1991 yilda tug‘ilgan Jonibek Asatullayev Nexia avtomobilida Lochin Nuriddinovga tegishli bo‘lgan ZiL avtomobili bilan to‘qnashgan.

1

YTH natijasida yo‘nalishsiz taksi haydovchisi hamda yo‘lovchisi voqea joyida qurbon bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyat IIB YHXB tomonidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Samarqand

Baholaganlar

77

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing