Samarqandda MDH TIV kengashi yig‘ilishi boshlandi
Jamiyat
−
14 aprel 2023
5286Bugun, 14 aprel kuni Samarqandda MDHga a’zo davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni ta’minlovchi asosiy ijroiya organi – Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Tashqi ishlar vazirlari kengashining (MDH TIV kengashi) yig‘ilishi boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbirda Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Xalaf Xalafov, Armaniston Tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan, Belarus Tashqi ishlar vaziri Sergey Aleynik, Qozog‘iston Bosh vaziri o‘rinbosari – Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu, Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Tojikiston Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muxriddin, Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Vepa Xojiyev, O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov, MDH Bosh kotibi Sergey Lebedev ishtirok etmoqda.
Ishtirokchilar MDH formatidagi o‘zaro hamkorlikning dolzarb masalalari va xalqaro kun tartibini muhokama qiladilar.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 13 aprel kuni Samarqand shahrida O‘zbekiston raisligida Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar vazirlarining uchrashuvi bo‘lgandi. Unda O‘zbekiston, Eron, Xitoy, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va Turkmaniston delegatsiyalari ishtirok etgandi. Uchrashuv oldidan Rossiya, Xitoy, Eron va Pokiston Tashqi ishlar vazirlarining 4 tomonlama muxokamalari ham bo‘lgan, unda tomonlar Afg‘onistondagi hozirgi vaziyat uchun AQSH javobgar, degan xulosaga kelgan edi.
LiveBarchasi