Samarqandda MDH kino haftaligi, Toshkentda futbol musobaqasi o‘tkaziladi – Prezident
Jamiyat
−
13 Oktabr 2023
6554O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2024 yilda Hamdo‘stlikning madaniy poytaxti deb e’lon qilingan Samarqand shahrida MDH madaniyat, san’at va kino haftaligini o‘tkazishni taklif qildi.
Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida nutq so‘zlar ekan, ta’lim sohasida va sayyohlik almashinuvini rivojlantirish borasida ham muhim tashabbuslarni ilgari surgan.
Ma’lum qilinishicha, 2023 yilda MDHning yoshlar poytaxti maqomini olgan Toshkent shahrida bir qator yoshlarga oid tadbirlar, shu jumladan, futbol musobaqasi bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston Prezidenti nutqi so‘nggida Rossiya Federatsiyasi Prezidentini 2024 yilda tashkilotga raislikni qabul qilib olgani bilan tabrikladi.