Samarqandda mashina tomida sayr qilgan fuqarolar jazolandi

3-sahifa

image

Samarqand viloyatida mashina tomiga o‘tirib olib, ko‘chalarni sayr qilgan fuqarolarga nisbatan qonuniy chora ko‘rildi. Bu haqda viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, viloyatning Payariq tumanida “VAZ21053” rusumli transport vositasi haydovchisi fuqarolarni mashinaning tom qismiga mindirib olib, ichki ko‘chalar bo‘ylab aylantirgan. Bu bilan u o‘zi va o‘zgalar hayotiga xavf tug‘dirgan. Shu sababli haydovchi va yo‘lovchilarga nisbatan qonuniy tartibda chora ko‘rilib, ular bilan tushuntirish ishlari olib borilgan.

“Barcha haydovchilardan haydovchilik madaniyati va yo‘l harakati qoidalariga amal qilib harakatlanishlarini so‘rab qolamiz”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm viloyatidagi maktab hududida avtomobilda guruh bo‘lib harakatlangan haydovchilar jazolangandi. Yo‘l harakati qoidalarini chetlab o‘tgan ushbu haydovchilarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-5 (Transport vositalari haydovchilarining xalaqit berishi yoki avariya holatini yuzaga keltirishi, yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomoniga yoki bo‘lagiga chiqishi) moddasi 2-qismiga ko‘ra, ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Ularning transport vositalari vaqtincha ushlab turishi uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand mashina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing