Samarqandda mansabdorlar rahnamoligidagi jinoiy guruh fosh qilindi

3-sahifa

image

Samarqandda mansabdor shaxslar va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari rahnamoligida aholiga ajratilgan gazni talon-toroj qilgan jinoiy guruh fosh qilindi. Bu haqda viloyat prokuraturasi ma’lum qildi.

Kecha, 5 noyabr kuni Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida joylashgan “Samarqand gaz to‘ldirish stansiyasi”dan surunkali ravishda “Nurobod gaz servis” MCHJga qarashli “DAF” rusumli 20 tn sig‘imli yuk avtomashinasida aholi xonadonlariga ajratilgan imtiyozli narxdagi suyultirilgan uglevodorodli gazni yashirin ravishda talon-toroj qilib kelgan jinoiy uyushma faoliyati fosh etildi.

Holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “v” bandi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tergovining birinchi kunida 6 nafar jinoiy uyushma a’zolariga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Bu raqamlar ko‘lami kengayishi kutilmoqda.

Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur jinoiy uyushmaga bir qator mansabdor shaxslar va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari rahnamolik qilib kelishgan.

Jinoyat ishi tergovi shaxsan Samarqand viloyati prokurori R.Masharipovning nazoratiga olingan. Prokuratura jinoyat tafsilotlari yoritib borilishini qo‘shimcha qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

gaz

Baholaganlar

757

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing