Samarqandda Malibu zovurga tushib ketdi

3-sahifa

image

Kecha, 5 oktyabr kuni soat 16:10 larda 4R-48 avtomobil yo‘lining 69-kilometrida Malibu avtomobili zovurga tushib ketdi. Bu haqda YHXBB xabar berdi.

4R-48 avtomobil yo‘lida harakatlanib kelayotgan Malibu haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning o‘ng tarafidagi suv oqib o‘tadigan zovurga tushib ketgan.

Natijada, avtomashina ichida bo‘lgan haydovchi va 1 nafar yo‘lovchi tan jarohati olib tibbiyot bo‘limiga murojaat qilishgan.

Hozirda 2 nafar fuqaroning ham ahvoli yaxshi.

Mazkur holat yuzasidan viloyat IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

326

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing