Samarqandda maktabga ajratilgan byudjet mablag‘lari talon taroj qilingan

Jamiyat

image

Samarqandda ta’mirlash ishlarini bahona qilib, katta miqdordagi byudjet mablag‘lari talon taroj қилинган. Бу haqda Bosh Prokuratura Матбуот xizmati xabar tarqatdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Qo‘shrabod tuman Xalq ta’limi bo‘limi mansabdor shaxslari va boshqalar tanlov komissiyasi йиғилishiни o‘tkazmasdan, tumandagi “Q.N.Q” MCHJning taklifi ma’qullanganligi ҳақида soxta ma’lumotlar tuzib, hamda tumandagi 45-, 56- va 61-sonli maktablarida haqiqatda bajarilmagan ta’mirlash ishlarini bajarilganligi ҳақида soxta hujjatlar rasmiylashtirishib, 160 mln. so‘m byudjet mablag‘larini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘shrabod tuman Xalq ta’limi bo‘limi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat Bosh Prokuratura

Baholaganlar

19

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing