Samarqandda maktab o‘quvchilari majburiy mehnatga jalb qilinyapti
3-sahifa
−
10 Sentabr
3980Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Payariq tumanidagi maktablarning birida o‘quvchilar majburiy mehnatga chiqarilgani tasvirlangan videolar tarqaldi. Mazkur holatga Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, ushbu holat Payariq tumanidagi 75-umumta’lim maktabida tasvirga olinganligi aniqlangan.
Videoda maktab o‘quvchilarning ketmon bilan yer chopayotgani tasvirlangan.
“Ayni paytda holat viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan nazoratga olindi va o‘rganish uchun mas’ullarga yo‘naltirildi. O‘rganish natijalari bo‘yicha batafsil ma’lumot beriladi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijonda o‘qituvchilarga chiqindilarni tashitgan direktor jazolangandi.
LiveBarchasi