Samarqandda maktab direktori o‘quvchini urdi (video)

3-sahifa

image

Samarqand viloyatida maktab direktori o‘quvchini urdi. Bu haqda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabar berdi.        

50-maktab direktorining ma’lum qilishicha,  8-“A” sinf o‘quvchisi Sh.I. 2025 yil 17 mart kuni 3-soat biologiya darsida sinfdoshi bilan gaplashib jim o‘tirmagani sababli o‘qituvchi K.O‘. tomonidan tanbeh berilgan. Ammo o‘quvchi bundan xulosa chiqarmasdan, o‘qituvchini haqorat qilgan, shundan so‘ng o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida tortishuv yuzaga kelgan.

Bu holatni o‘quvchilardan biri maktab direktoriga yetkazgan. Direktor sinfxonaga kelganda o‘quvchi Sh.I. o‘qituvchi K.O‘.ni yoqasidan ushlab turganligini ko‘rib ajratishga harakat qilgani va jahl ustida o‘quvchini yuziga tarsaki tushirganini  o‘z tushuntirish xatida bayon etgan.

“Holat huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘rganilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatidagi maktablardan birida o‘quvchining onasi o‘qituvchining yuziga tarsaki tushirgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand o'quvchi direktor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing