Samarqandda mahalla raislariga noqonuniy topshiriq bergan mansabdor lavozimidan “uchdi”

Jamiyat

image

Mahalla raislariga noqonuniy topshiriq bergan Samarqand viloyati Pastdarg‘om tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i ishdan olindi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda Pastdarg‘om tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i Tohir Qosimov “Mening loyiham”ga ovoz berishda mahalla raislariga bosim o‘tkazgani haqida xabarlar tarqalgan.

Bugun, 11 may kuni Samarqand viloyat hokimligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Tohir Qosimov ishdan olingani aytilgan. Shuningdek, yig‘ilishda barcha rahbarlar qat’iy ogohlantirilib, tushuntirish ishlari olib borilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand Pastdarg'om ambag'allikni qisqartirish va bandlik bo'limi Mening loyiham

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing