Samarqandda Lacetti yuk mashinasi ostiga kirib ketdi. Ikki kishi halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Kecha, 19 oktyabr kuni Samarqand viloyatida Lacetti avtomobili ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi natijasida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda YHXBB xabar berdi.

YTH soat 06:30 larda Jomboy tumani hududidan o‘tuvchi M-39 “Olma-ota-Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lining 1074 kilometrida yuz bergan. 1982 yilda tug‘ilgan B.N. ismli Lacetti rusumli transport vositasi haydovchisi e’tiborsizlik natijasida, yo‘lning burilib olish qismida o‘zidan oldinda burilib olayotgan “Gaz-5327” rusumli transport vositasining orqa qismiga urilgan.

Natijada Lacetti avtomashinasi haydovchisi B.N. va 1987 yilda tug‘ilgan yo‘lovchisi B.Yu. og‘ir darajadagi tan jarohatlari olib hodisa joyida vafot etishgan.

Shuningdek, Lacetti avtomashinasi yo‘lovchilari 1975 yilda tug‘ilgan T.H., 1989 yilda tug‘ilgan T.D. hamda 1983 yilda tug‘ilgan T.B. turli tan jarohatlari bilan Jomboy tumani tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Hozirda maskur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Samarqand

Baholaganlar

152

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing