Samarqandda Lacetti'dan tanasini chiqarib, soxta dollar sochganlar topildi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda harakatlanayotgan Lacetti lyuki va oynasidan tana qismini chiqarib, "dollar" sochayotgan shaxslar aks etgan video tarqaldi.     

Samarqand viloyati IIB YHXB axborot xizmatiga ko‘ra,  guruh bo‘lib qoidalarni buzgan holda harakatlangan Lacetti haydovchilari va "shovvoz"larga chora ko‘rilgan.

 Ma’lum bo‘lishicha, hodisa Past Darg‘om tumanida sodir bo‘lgan.

To‘y marosimidan olingan ushbu video tarqalgach, viloyat IIB YHXB tomonidan tezkor qidiruv ishlari olib borilgan hamda qoidabuzarlar topilgan.

Ularga nisbatan tegishli ma’muriy bayonnomalar tuzilib, mashinalar jarima maydoniga joylashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Buxoroda xavfli manyovrlar qilgan to‘y korteji ishtirokchilari javobgarlikka tortilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand kortej yo'l qoidasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made