Samarqandda Lacetti beton to‘siqqa urilib ag‘darildi
3-sahifa
−
11 noyabr
5374Kecha, 10 noyabr kuni Samarqand viloyatining Payariq tumanida yuqori tezlikda harakatlangan Lacetti beton to‘siqqa urilib ag‘darildi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, voqea sahar soat 05:00 atrofida Payariq tuman hududidan o‘tuvchi 4R-49 avtomobil yo‘lining 12-kilometrida sodir bo‘lgan. Aniqlanishicha, Lacetti rusumli avtomobil haydovchisi tezlikni me’yoridan oshirib, rul nazoratini yo‘qotgan va yo‘lning o‘ng tomonidagi beton to‘siqqa urilgan.
Hodisa oqibatida haydovchi tan jarohati olib, tibbiy yordam uchun tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilgan. Hozirda tuman YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qo‘qon shahar “Sarboz” ko‘chasida yomg‘ir yog‘ishi va shamol sababli chinor daraxti shu ko‘chada to‘xtab turgan Nexia avtomobili ustiga qulab tushgan. Shu vaqtda avtomobilda haydovchi va yo‘lovchi bo‘lmagani sababli tan jarohati olganlar mavjud emas.
LiveBarchasi