Samarqandda ko‘prikni sel olib ketdi (video)
Jamiyat
−
22 mart 2024 21663 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Urgut tumanidagi ko‘prikni sel olib ketgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Holatga Urgut tumani hokimligi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, ushbu ko‘prik 1974 yillarda mahalliy aholi tomonidan hashar yo‘li bilan qurilgan. Ayni kunlarda hududlarda kuzatilayotgan mavsumiy yog‘ingarchilik oqibatida soyning qirg‘oq qismi yuvilishi oqibatida ko‘prik ustidagi yuk ko‘taruvchi konstruksiyalar pastga qulab tushgan. Soydan hech qanday kuchli sel oqimi oqib kelmagan va atrofdagilarga zarar yetmagan.

“Hozirda tuman hokimligi tashabbusi bilan ko‘prikni qayta tiklash ishlari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, aholiga qisqa fursatlarda foydalanishga topshirish maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda”, deyiladi munosabatda.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 21 mart kuni Surxondaryoning bir nechta hududini sel bosgandi.
Live
Barchasi