Samarqandda ko‘p qavatli binoga o‘t ketdi (video)
3-sahifa
−
29 iyun 3960 1 daqiqa
Kecha, 28 iyun kuni Samarqanddagi binolardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 16:02 da Samarqand shahri “Ko‘k masjid” MFY, Dahbet ko‘chasida joylashgan binolardan birining tom qismida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida viloyat FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 16:07 da yetib borib, soat 16:50 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.
Bildirilishicha, hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Sergeli tumanidagi ko‘p qavatli uylardan birida yong‘in chiqqan edi.