Sergelidagi ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqdi
3-sahifa
−
28 iyun 1562 1 daqiqa
Bugun, 28 iyun kuni Toshkent shahar Sergeli tumanidagi ko‘p qavatli uylardan birida yong‘in chiqdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 15:25 da Sergeli tumani “Yangi Sergeli” MFY, Sergeli 8-dahasida joylashgan ko‘p qavatli uy xonadonlarining birida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida Toshkent shahar FVBBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, qutqaruv bo‘linmasi soat 15:32 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 16:08 da o‘chirilgan.
Bildirilishicha, yong‘in oqibatida xonadonning taxminan 30 kvadrat metr maydonda uy jihozlari yonib zararlangan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatidagi avtomobil ehtiyot qismlari do‘konida yong‘in sodir bo‘lgan edi. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar bo‘lmagan. Yong‘indan binoning 300 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.
Live
Barchasi