Samarqandda kumushni noqonuniy sotayotganlar ushlandi

3-sahifa

image

Samarqand viloyatining Narpay tumanida kumushning noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Narpay tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Navoiy viloyatida yashovchi, 1980, 1983 va 1987 yillarda tug‘ilgan 3 nafar shaxs “shartli xaridor”ga 18 kg kumush qimmatbaho metall qotishmasini har bir gramini 11 ming 700 so‘mdan hisoblab, jami 21 ming dollarga sotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasining tegishli xulosasiga ko‘ra, ashyoviy dalil sifatida olingan mazkur metallning sof og‘irligi 16 kg 744 gr bo‘lib, asillik darajasi “999”ni tashkil etadi. Shuningdek, tegishli baholash xulosasiga ko‘ra, ushbu kumush metallning narxi 502 mln 344 ming so‘mni tashkil qiladi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ushbu qimmatbaho metallning kelib chiqish manbasini aniqlash bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Kontexnazorat” tomonidan Buxoro va Navoiy viloyatidagi ob’ektlarda olib borilgan xizmat tekshiruvlarida oltin qaziyotgan 37 nafar shaxs qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

DXX jinoyat ishi Narpay kumush savdosi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing