Samarqandda kredit rasmiylashtirib berish evaziga pora olgan bankir qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
20 may
5847Samarqandda kredit rasmiylashtirib berish evaziga pora olgan bankir ushlandi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
1988 yilda tug‘ilgan, Samarqand shahrida yashovchi, “Ipoteka-bank”ning “So‘g‘diyona” bank xizmatlari markazida moliyaviy konsultant lavozimida ishlab kelayotgan M.J. mahalliy fuqaroga 700 mln. so‘m miqdorida ipoteka krediti rasmiylashtirib berishni va’da qilgan.
U evaziga 20 mln. so‘m va 100 AQSH dollari miqdoridagi pul mablag‘ini talab qilib kelayotgani aniqlandi.
Shundan so‘ng, DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan faol tadbirda M.J. mahalliy fuqarodan avvaldan kelishilgan 20 mln. so‘m va 100 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlanib, protsessual tarzda rasmiylashtirildi.
Hozirda holat yuzasidan ushbu shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.