Samarqandda kotlovan qazilayotgan vaqtda qo‘shni uy qulab tushdi (video)
Jamiyat
−
15 may
37933Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Past Darg‘om tumani Juma shahrida kotlovan (xandaq) qazilayotgan paytda qo‘shni uy qulab tushgani haqida videotasvirlar tarqalgandi. Mazkur holatga Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur ob’ekt viloyatning Juma shahridagi “Samarqand” MFY Samarqand ko‘chasida joylashgan noturar joy bo‘lib, haqiqatan ham xandaq qazish jarayonida noto‘g‘ri yo‘l tutilgani bois uyga zarar yetgan.
“Uy qulashiga oid qo‘shimcha ma’lumotlarni o‘rganishlardan so‘ng ma’lum qilamiz”, deyiladi munosabatda.
Mazkur holat tuman Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimi tomonidan ham o‘rganilgan. Aniqlanishicha, fuqaro B.I. tomonidan savdo majmuasi sifatida foydalanish uchun "Samarqand" mahallasida barpo etilayotgan majmuada qurilish qoidalariga rioya qilinmagan.
“Uy qulashi oqibatida jarohat olganlar yo‘q”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda qurilishi bitmagan binoning beton bo‘laklaridan biri qulab tushgandi.
LiveBarchasi