Samarqandda korxonaning 11,7 mlrd so‘mlik gilosini “uxlatgan”lar ushlandi

3-sahifa

image

Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida korxona sobiq rahbari ombor mudiri va kassiri bilan til biriktirgan va salkam 821 tonna gilosni sotib, pulini o‘zlashtirgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi. 

Qayd etilishicha, departamentning Bulung‘ur tuman bo‘limi tomonidan “S.G.” MCHJ QK ta’sischisining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “S.G.” MCHJ QK sobiq rahbari N.K. korxona ombor mudirlari va kassiri A.A. bilan o‘zaro til biriktirib, korxonaning 820,8 tonna gilos mahsulotini naqd pulga sotib, jami 11,7 mlrd so‘mni  o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, 19 fuqaro nomiga rasmiylashtirilgan 6,3 mlrd so‘mlik avtokreditni o‘zlashtirgan shaxslar ushlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing