Samarqandda kitoblarni uloqtirgan o‘qituvchi va maktab direktori “uchdi” (video)
Jamiyat
−
06 Sentabr 2022
36210Kecha, 5 sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatining Nurobod tumanidagi 1-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida maktab o‘quvchilari va ularning ota-onalariga qo‘pol ravishda maktab darsliklari va mashq daftarlari tarqatilganligi aks etgan video lavhalar tarqaldi.
Tuman hokimligining ma’lum qilishicha, holat bo‘yicha Nurobod tumani Xalq ta’limi bo‘limi tomonidan ishchi guruh tuzilib, o‘rganish ishlari olib borilgan.
O‘rganishlar davomida tumandagi 1-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining 4 sinf o‘quvchilariga sinf rahbari Sh.G‘offorova maktab darsliklari va mashq daftarlarini qo‘pol tarzda, o‘qituvchi etikasi va odob-axloq qoidalariga zid ravishda, sinfdan tashqari holatda tarqatgani ma’lum bo‘ldi.
O‘qituvchiga xos bo‘lmagan tarzda harakat qilgani sababli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 4-“D” sinfi rahbari Sh.G‘offorova bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
Maktab darsliklari va mashq daftarlarini tarqatilish jarayonini nazoratga olmagani va mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygani sababli maktab direktori E.Hamrayev egallab turgan lavozimidan ozod qilingan.
LiveBarchasi