Samarqandda xotinini ayovsiz kaltaklagan erga nisbatan jinoiy ish ochildi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda erkak turmush o‘rtog‘ini ayovsiz tarzda kaltaklayotgani, ayolni to‘g‘ri kelgan joyiga tepgani aks etgan video tarqaldi. Videodagi izohda, ayol bir necha yillardan beri hammadan qolgan ovqatlarni yeyishi va xo‘rlab kelinishi aytilgan. Ushbu holatga Samarqand viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, jabrlanuvchi ayol Samarqand shahar Termiz ko‘chasida yashovchi 1995 yilda tug‘ilgan M. ekanligi ma’lum bo‘lgan. M. turmush o‘rtog‘i 1985 yilda tug‘ilgan Sh. bilan 2012 yilda shar’iy nikohdan, 2015 yilda FXDYO bo‘limidan qonuniy nikohdan o‘tib yashab kelgan. O‘rtalaridagi oilaviy kelishmovchiliklari sababli er xotinini qiynoqqa solib, kaltaklab kelgan.

Joriy yilning 20 avgust kuni M.ning turmush o‘rtog‘i Sh. sababsiz, turli bahonalar bilan yashayotgan uyida uni ayovsiz urib, oyoqlari bilan turli joylariga tepib, tan jarohati yetkazgan.

“Hozirda M. va uning ikki nafar farzandlari Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB tomonidan himoyaga olinib, IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlari tomonidan “Himoya orderi” berilib, malakali psixologlarni jalb qilgan holda farzandlari va o‘ziga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatilmoqda”, deyiladi xabarda.

Ayolni kaltaklagan erkakka esa, Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Samarqand viloyatining Urgut tumanida er ayolini uyga kiritmay, haydayotgani aks etgan video tarqalgandi.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

591

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing