Samarqandda xotiniga jahl qilgan erkak uch nafar farzandini pichoqlab o‘ldirdi
3-sahifa
−
17 iyun 2023
24485Samarqand shahrida 37 yoshli erkak xotini bilan telefonda kelib chiqqan janjaldan so‘ng, uch nafar voyaga yetmagan farzandini pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, kecha, 16 iyun kuni soat 19:30 da shahar IIO FMB navbatchilik qismiga mazkur hodisa haqidagi xabar kelib tushgan.
Holat yuzasidan tezkor tartibda tekshiruv ishlari olib borilganda voqea Samarqand shahri A.Navoiy ko‘chasi 59-uyda yashovchi fuqaro A.D. (1986 yilda tug‘ilgan) tomonidan sodir etilgani ma’lum bo‘lgan.
Aniqlanishicha, A.D. Isroil davlatida ishlayotgan xotini Z.G. bilan telefon orqali gaplashayotganda o‘zaro kelishmovchilik yuzaga kelgan. Shundan so‘ng A.D. xotinidan o‘ch olish maqsadida voyaga yetmagan farzandlari N.D., Ya.D. va M.D.larni oshxona pichog‘i bilan turli joylariga qasddan bir necha marta urib o‘ldirgan.
A.D.ga nisbatan 16 iyun kuni Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a”, “v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Shuningdek, dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan olib borilayotgani ma’lum qilingan.
Muhsinjon Umurzoqov
LiveBarchasi