Samarqandda kelin voyaga yetmagan bolalari ko‘z o‘ngida kaltaklandi (video)
3-sahifa
−
21 Sentabr
40455Samarqand viloyatida katta hovlida erining qarindoshlari bilan turgan ayol, turmush o‘rtog‘i vafot etganidan so‘ng marhumning oila a’zolari tomonidan kaltaklandi. Bu haqda “Ne Molchi” loyihasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Tojikiston fuqarosi bo‘lgan kelinning turmush o‘rtog‘i olti oy oldin vafot etgan. Ayolning qaramog‘ida uch nafar voyaga yetmagan farzandi qolgan.
Qaynona bir necha qarindoshlari bilan kelishib, kelin va nevaralarini o‘g‘li vafotidan keyin uydan haydagan va ayol eriga hadya kelishuvi orqali o‘tgan (va uning vasiyatiga ko‘ra, bolalarga o‘tishi kerak bo‘lgan) xonadonga ko‘chib o‘tadi. Biroq u yerda yashash Tojikiston fuqarosi bo‘lgan kelin uchun xavfli ekani aytilmoqda.
“Kelin Tojikiston fuqarosi bo‘lgani uchun ro‘yxatdan o‘tgan joyda, qaynonasi bilan hovlida yashashi kerak. Aks holda, ertami-kechmi u mamlakatdan deport qilinishi va bolalardan ajralishi mumkin”, deyiladi loyiha xabarida.
Kelin sud orqali O‘zbekiston qonunlarini buzmaslik uchun hovliga ko‘chib o‘tish ruxsatnomasi va mojarolar tufayli himoya orderi olishga majbur bo‘lgan. Ammo kuni kecha marhum erning oila a’zolari hovliga majburan kirgizib qo‘yish to‘g‘risidagi sud qarori tufayli kelinga hujum qilib, uni kaltaklab ketishgan.
Holat yuzasidan QALAMPIR.UZ Samarqand viloyat Ichki ishlar boshqarmasi bilan bog‘landi. Boshqarma vakili oila nizoli bo‘lgani uchun muammo kengayib ketishini oldini olish maqsadida rasmiy munosabat berishni istamadi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Qashqadaryo viloyatida turmush o‘rtog‘ini xiyonatda ayblab, kelinlari va voyaga yetmagan o‘g‘lining yonida benzin bilan yoqib yuborgan 58 yoshli erkak 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingandi.