Samarqandda kanaldan 17 yoshli qizning jasadi topildi

3-sahifa

image
Kelinni zo‘rlaganlar bittaga ko‘paydi. 6 kishiga jinoiy ish ochildi north_east

Kelinni zo‘rlaganlar bittaga ko‘paydi. 6 kishiga jinoiy ish ochildi

Joriy yilning 11 may kuni Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida 17 yoshli qizning jasadi kanaldan topildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, “Chandir” mahallasida yashovchi R.X. tuman prokuraturasiga ariza bilan murojaat qilib, voyaga yetmagan 2004 yilda tug‘ilgan S.X. yashash uyidan chiqib ketib, qaytib kelmasdan bedarak yo‘qolganligini bildirib, uni topishga amaliy yordam so‘ragan.

Tuman prokuraturasi boshchiligidagi tergov-tezkor guruhi tomonidan zudlik bilan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida 12 may kuni S.X.ning murdasi tumanning “Do‘stlik” mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi “Eski Anhor” kanalidan topilgan. 

S.X.ning bedarak yo‘qolib, o‘lik holatda topilgani holati yuzasidan xizmat tekshiruvlari va sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlanib, voqeani bevosita guvohi bo‘lgan yoki undan xabardor bo‘lgan shaxslar doirasini aniqlash va ulardan tushuntirish olish ishlari olib borilmoqda.

Sud tibbiy ekspertizasining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, marhumaning o‘limi, suvga cho‘kishdagi mexanik asfiksiyadan kelib chiqqanligi, S.X.ning qizlik pardasi butunligi, buzilmaganligi, qizlik pardasini buzmasdan turib jinsiy aloqa qilishning imkoni yo‘qligi, shuningdek, marhumaning jinsiy a’zolarida tan jarohatlari aniqlanmagan.

Hozirda, holat bo‘yicha Pastdarg‘om tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda, tekshiruv harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand qiz

Baholaganlar

1124

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing