Samarqandda qurilishi tugallanmagan xonadonda 20 ta gaz balloni portladi
3-sahifa
−
19 yanvar 2021
7303Kecha, 18 yanvar kuni kechki payt Samarqand tumanidagi hali bitmagan xonadonlardan birida kuchli yong‘in kelib chiqdi. Yong‘in gaz to‘ldirilgan 20 ta maishiy gaz ballon portlashi natijasida yuz bergan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.
Bildirilishicha, soat 20:08 da viloyat FVB navbatchi dispetcherlik xizmatiga Samarqand tumani “Radjabamin” mahallasida hali qurib bitkazilmagan uyida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 20:23 da yetib borgan. Qutqaruvchilarning olib borgan sa'y-harakatlari natijasida yong‘in soat 22:16 da to‘liq bartaraf etilgan. Yong‘in natijasida xonadonning taxminan 50 kv.m maydoni hamda Damas rusumidagi yengil avtomashina zararlangan.
Shuningdek, yong‘inni o‘chirish jarayonida qutqaruvchilar tomonidan mazkur xonadonning yerto‘lasida mavjud yong‘indan zarar ko‘rgan, taxminan 20 dona maishiy gaz balloni ehtiyotkorlik bilan olib chiqilib, xavfsizligi ta’minlangan.
Ayni vaqtda yong‘inning kelib chiqish sabablari va zarar miqdori aniqlanmoqda.
Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q. Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi