Samarqandda Qozog‘iston Bosh konsulxonasi ochiladi
Jamiyat
−
23 Sentabr 2020
3980Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Samarqand shahrida mamlakatning Bosh konsulxonasini ochish to‘g‘risdiagi farmonni imzoladi. Bu haqda “Tengrinews.kz” xabar berdi.
“Samarqand shahrida (O‘zbekiston Respublikasi) Qozog‘iston Respublikasi bosh konsulligi ochilsin. Qozog‘iston Respublikasi Hukumati ushbu farmondan kelib chiqqan holda zarur choralarni ko‘rsin”, deyiladi hujjatda.
Farmon qabul qilingan kundan kuchga kiradi.
Avvalroq, 2020 yil yakuniga qadar Samarqand shahrida Turkiya Respublikasining Bosh konsulxonasi ochilishi haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi