Samarqandda qizlar ommaviy mushtlashdi (video)
3-sahifa
−
20 Oktabr 71706 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatining Urgut tumanidagi 41-umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchi qizlari janjallashgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 13 oktyabr kuni 9-“A” sinf o‘quvchisi F.F. bilan 9-“B” sinf o‘quvchisi R.G. kechga yaqin o‘zlarining yashash xonadonida uy telefonida o‘zaro gap talashgan. Oqibatda ular 14 oktyabr kuni 6-soat darsidan keyin “Qoratepa” MFYdagi Sarbozor ko‘chasida taxminan soat 14:20 lar atrofida o‘zaro janjallashgan. Voqea joyida o‘quvchilarning sinfdoshlari ham bo‘lgan.
Bildirilishicha, ushbu holat yuzasidan jarayonlarda ishtirok etgan o‘quvchilar va ularning ota-onalari bilan yig‘ilish o‘tkazilib, tushuntirish ishlari olib borilgan hamda tuman IIB mas’ullari tomonidan jarayonda ishtirok etgan jami 12 nafar o‘quvchining ota-onasiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47-moddasiga (bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) muvofiq mamuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy shahridagi parkda bir guruh qizlar o‘zaro nomunosib muomala tufayli janjallashib, bir-birini kaltaklagan edi.
Live
Barchasi