Samarqandda qiz o‘z uyidan 120 mln so‘mlik tilla taqinchoqlarni o‘g‘irladi

3-sahifa

image

Samarqand shahrida 17 yoshli qiz o‘z uyidan 120 mln so‘mga teng bo‘lgan 15 turdagi tilla-taqinchoqlarni o‘g‘irladi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 11 mart kuni Samarqand shahar “Obod Maskan” mahallasida yashovchi 41 yoshli fuqaro M.N. Samarqand shahar IIO FMB 102 qisqa raqamiga murojaat qilib, o‘z arizasida shu kuni uning yashash uyiga 08:00 dan 13:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs kalit tanlash yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirib, uyning yotoqxonasida o‘ziga tegishli bo‘lgan jami bahosi 120 mln so‘mga teng bo‘lgan 15 turdagi tilla-taqinchoqlarni yashirin ravishda talon-toroj qilganini ma’lum qilgan va noma’lum shaxsni aniqlab, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni va yetkazilgan moddiy zararni qoplashda amaliy yordam berishni so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida ushbu o‘g‘irlikni jabrlanuvchining voyaga yetmagan 17 yoshli qizi S.R. sodir etgani aniqlanib, o‘g‘rilik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, so‘ngra sotib yuborilgan tilla-taqinchoqlardan olingan pul mablag‘lari uning dugonasining uyida saqlanayotgani ma’lum bo‘lgan. 1 300 dollari miqdoridagi pullar tegishli tartibda xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirib olingan. Bildirilishicha, dastlabki tergov davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatida 23 million so‘mlik tilla taqinchoqlarni o‘g‘irlagan fuqaro ushlangan edi. Olib borilgan tezkor tergov harakatlari davomida jinoyatni sodir qilgan shaxs fosh etilgan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand o'g'rilik tilla taqinchoq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing