Samarqandda ISUZU MAN bilan to‘qnashib ag‘darildi. Qurbon va jabrlanganlar bor

Jamiyat

image

Bugun, 3 sentyabr kuni taxminan soat 07:00 da Samarkand viloyat Jomboy tuman Beshbola qishlog‘i xududida ISUZU rusumli avtobus bilan MAN rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘nashdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, avtobusda 31 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Ularning 22 nafari turli darajadagi tan jarohati olgan. 1 nafar yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan. Jami 8 ta tez tibbiy yordam brigadasi ko‘magida  jarohatlanganlarning barchasi tezkor ravishda  Jomboy  tuman tibbiyot birlashmasiga olib kelingan.

Qayd etilishicha, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan bemorlarga tezkor tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida sanitar aviatsiya xizmati orqali neyroxirurg, xirurg, travmatolog kabi qator tajribali mutaxassislar safarbar etildi. Ayni paytda YTH natijasida jarohatlanganlarning 6 nafari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining  Samarqand filialiga davolanish uchun ko‘chirilgan, 3 nafar bemorga Jomboy tuman tibbiyot birlashmasida, 13 nafar bemorga esa ambulator tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda.

Hozirda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan halokat oqibatida jabrlanganlarga yuqori malakali tezkor va sifatli  tibbiy yordam ko‘rsatish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Qo‘shimcha dori-darmon va tibbiy vositalar yetkazib berildi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Samarqand

Baholaganlar

51

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing