Samarqandda ikki yuk mashinasi to‘qnashdi. Qurbonlar bor
3-sahifa
−
22 noyabr 2020
7862Joriy yilning 19 noyabr kuni Samarqand viloyatida ikkita yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Natijada ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda YHXBB xabar berdi.
YTH 19 noyabr soat 15:00 larda M-37 avtomobil yo‘lining 24-25 kilometrlari oralig‘ida yuz bergan. Toshkent-Buxoro yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan Isuzu rusumli transport vositasi tezlikni oshirishi oqibatida shu yo‘nalishda o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan MAN rusumli yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.
Natijada Isuzu haydovchisi va uning ikki nafar yo‘lovchisi Oqdaryo tumani shoshilinch tez tibbiy yordam birlashmasiga yotqizilgan.
Shifokorlarning harakatiga qaramasdan Isuzu rusumli avtomobilda bo‘lgan ikki yo‘lovchi vafot etgan.
YTHga Isuzu rusumli transport vositasining oraliq masofani saqlamagani sabab bo‘lgani aytilmoqda.
LiveBarchasi