Samarqandda ikki nuroniy 10 metrlik jarlikdagi changalzorga tushib ketdi

Jamiyat

image

Kecha, 4 may kuni Samarqand viloyatida ikki fuqaro 10 metrlik jarlik ichidagi changalzorga tushib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, kecha, 4 may kuni soat 23:15 da Samarqand viloyati FVBga “112” tizimi orqali Samarqand shahar “Ipak yo‘li” MFY hududida 10 metrlik jarlik ichidagi changalzorga 2 nafar fuqarolar tushib ketgani va ularga amaliy yordam zarurligi bo‘yicha xabar kelib tushgan.

Mazkur xabarga asosan, aytilgan manzilga zudlik bilan qutqaruvchilar yetib borgan. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida 2 nafar fuqaro sog‘-salomat qutqarib olingan.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqarolar yoshi ulug‘ insonlar bo‘lib, dastlab 1 nafari jarlikka tushib ketgan, so‘ng sherigini qutqarish maqsadida ikkinchi fuqaro ham tushib qaytib chiqmagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 29 aprel kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi xonadonlardan biriga 1 metrlik ilon kirib olgan edi. Qutqaruvchilar tomonidan uyning ichiga kirib olgan ilon maxsus idishga solinib, hayvonot bog‘i mas’ullariga topshirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand changalzor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing