Samarqandda IIO xodimi va fuqarolar o‘rtasida janjal bo‘ldi 

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatida fuqarolar va Ichki ishlar organi xodimi o‘rtasida janjal sodir bo‘lgani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati boshlig‘i Jahongir Sa’dullayev munosabat bildirdi. 

Unga ko‘ra, joriy yilning 20 noyabr kuni soat 19:30 da Samarqand shahar “Bunyod” MFYda yashovchi fuqaro M.R. “102” operatoriga qo‘ng‘iroq qilib, yashash xonadonida janjal bo‘layotganligini aytib, profilaktika inspektorini yuborishni so‘ragan.

"Shu bois Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB 6-son IIB profilaktika inspektori fuqaroning yashash xonadoniga borgan. U muqaddam bir necha bor sudlangan fuqaro M.R., uning opasi, turmush o‘rtog‘i va ukasi o‘zaro janjallashayotganiga guvoh bo‘lgan va vaziyatga aralashib,  janjalni to‘xtatmoqchi bo‘lgan. 

Fuqarolar esa profilaktika inspektoriga faol qarshilik ko‘rsatib, uni turli joylariga urib tan jarohati yetkazgan. Hatto IIO xodimiga tegishli bo‘lgan transport vositasining old oynasini sindirib, moddiy zarar yetkazgan", deyiladi ushbu munosabatda.

Jahongir Sa’dullayevning ma’lum qilishicha, ayni paytda voqea joyi tegishli tartibda ko‘zdan kechirilib, fuqarolarga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda qamoqqa olingan.

Avvalroq Toshkent shahri Sergeli tumanida Milliy gvardiya xodimi va chiqindini belgilanmagan joyga tashlagan fuqaro o‘zaro janjallashgani va qoidabuzar shaxs voqea joyidan qochib ketgani haqida xabar berilgan edi


Maqola muallifi

Teglar

janjal Samarqand IIO

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing