Samarqandda giyohvandlik moddasini sotayotgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
09 mart
6758Samarqand shahrida yarim kilogrammga yaqin giyohvandlik moddasini 80 ming AQSH dollariga sotayotgan shaxs ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, IIO FMB tezkor xodimlari tomonidan Samarqand shahrining Hamid Olimjon MFY hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir chog‘ida 1957 yilda tug‘ilgan, Farg‘ona viloyatida ro‘yxatda turuvchi fuqaro U.T. 1 kg “alfa-pirrolidinovalerofenon“ (a-PVP) giyohvandlik moddasini 180 ming AQSH dollariga sotishga kelishib, shundan 0,5 kilogrammga yaqinini 80 ming AQSH dollariga pullayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.
“Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda haydovchi va yo‘lovchi psixotrop moddalar bilan qo‘lga tushgan edi.