Samarqandda geroin savdosi bilan shug‘ullanganlar qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
11 may
6108Samarqandda DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanayotganlar qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Qayd etilishicha, Urgut tumani “Chep” mahallasida yashovchi 27 yoshli A.D. va “Vatkan-Qo‘zibek” mahallasida yashovchi 42 yoshli Sh.X. jinoiy til biriktirib, giyohvand modda oldi-sotdisi bilan shug‘ullanib kelayotgani aniqlangan.
Viloyat huquq-tartibot idoralari xodimlarini jalb qilgan holda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar A.D., Z.F. hamda Sh.X. harakatlanib ketayotgan avtomashinada 248,33 gramm miqdorda geroin giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida rasmiylashtirilgan.
Dastlabki surishtiruv harakatlari davomida aniqlanishicha, ushbu giyohvandlik vositalari fuqaro A.D.ga tegishli bo‘lib, uni Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumanida yashovchi fuqaroga yetkazib berishni rejalashtirgan.
Mazkur holat bo‘yicha Sh.X. va A.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani aytilmoqda.
LiveBarchasi