Samarqandda Gentra yo‘l chetida turgan 2 piyodani urib yubordi
3-sahifa
−
18 fevral
4669Samarqand viloyatida Gentra ikki piyodani urib yubordi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea kecha, 17 fevral kuni taxminan soat 14:10 da viloyatning “Buxoriy” mahallasi hududidan o‘tuvchi Nurpoya ko‘chasida yuz bergan. Yo‘lda harakatlanib kelayotgan Gentra rusumli avtomobil Cobalt bilan to‘qnashib, yo‘lning o‘ng chetida turgan ikki piyodani urib yuborgan.
Hodisa oqibatida piyodalar jarohat olib, zudlik bilan shifoxonaga yetkazilgan. Hozirda Samarqand YHXB YTH bo‘limi hodisaning barcha tafsilotlarini aniqlash uchun dastlabki tergov harakatlarini olib bormoqda.
“Barcha haydovchilarni tezlikka rioya qilishga, yo‘lda e’tiborli bo‘lishga va svetofor signaliga qat’iy amal qilishga chaqiramiz. Yodda tuting, yo‘llardagi xavfsizlik har bir harakat ishtirokchisiga bog‘liq!” deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatining Jomboy tumanida Lacetti mashinasida boshqaruvni yo‘qotib, daraxtga urilgan maktab o‘quvchisi vafot etgandi.
LiveBarchasi