Samarqandda gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i pora bilan ushlandi
3-sahifa
−
12 fevral
7496Samarqandda "Oqdaryotumangaz" gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i pora olayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Qayd etilishicha, DXX hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda "Oqdaryotumangaz" gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i, 1973 yilda tug‘ilgan N.M.(ism-familiya shartli) mahalliy fuqaroning yashash xonadoniga elektron gaz hisoblagich o‘rnatish va uni tarmoqqa ulab berish xizmati evaziga undan 4 million so‘m pul talab qilib, bo‘nak sifatida 2 million so‘mini olgan hamda yana 1 million so‘m olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
"Hozir N.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda", deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, “Toyloqtumangaz” bo‘limi xodimlari qariyb 350 mln so‘mni “yeb yuborgani” aniqlangan edi.
LiveBarchasi