Samarqandda gaz portlashi oqibatida 4 kishi vafot etdi

3-sahifa

image

Samarqand viloyatidagi xonadonda gaz portlashi oqibatida er-xotin va ularning ikki nabirasi vafot etdi. Bu haqda Samarqand viloyati prokuraturasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 17 mart kuni soat 05:00 da Kattaqo‘rg‘on tumani “Madrasa” mahallasida yashagan A.R.ning uyida sodir bo‘lgan. Uydagi tabiiy gazga mo‘ljallangan isitish pechini ehtiyotsizlik bilan noto‘g‘ri o‘t oldirganligi sababli qisqa muddatli portlash ro‘y bergan. Oqibatda A.R. va uning turmush o‘rtog‘i K.F. hamda 2 nafar nabirasi 50-60% kuyish bilan davolanish uchun tuman tibbiyot birlashmasiga joylashtirilgan.

Joriy yilning 26 mart kuni K.F. va ikkala voyaga yetmagan nabiralar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filialida vafot etgan. Ertasi kuni esa A.R. Kattaqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasida hayotdan ko‘z yumgan.

“Mazkur holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand gaz portlashi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing