Samarqandda fuqaro otasi va akasini bolta bilan vahshiylarcha o‘ldirdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Samarqand viloyatining Urgut tumanida fuqaro akasi va otasini vahshiylarcha o‘ldirib, ularning jasadini ko‘mib yuborgani aniqlandi. Bu haqda viloyat prokuraturasi ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 7 iyun kuni soat 19:30 larda, Urgut tumani “Navbog‘” ko‘chasida yashovchi fuqaro J.M. tuman IIBga murojaat qilib, unda otasi B.M. va ukasi Sh.M. uyida yo‘qligi, qo‘l telefon raqamlari ishlamayotganligi ularni topishda amaliy yordam berishni so‘ragan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv jarayonida Sh.M. tuman IIBga aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilib, unda 2022 yil 15 may kuni soat taxminan 07:00 da otasi B.M. va akasi Sh.M.lar bilan janjallashib qolib, uy-xo‘jaligida foydalangan bolta va oshxona pichog‘i bilan dastlab akasi Sh.M.ni so‘ngra otasi B.M.ni tanasining turli sohalariga bir necha marotaba urib, ularni qasddan o‘ldirgan va yashash uyining tomorqasiga ko‘mganini ma’lum qilgan.

Sh.M.ning tushuntirishiga asosan uyning tomorqa qismi ko‘zdan kechirilganda, B.M. va Sh.M.ning jasadi qotillik alomatlari bilan topilgan. 

Holat yuzasidan sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Mazkur holat yuzasidan Urgut tuman prokuraturasi tomonidan Sh.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlanib, gumonlanuvchi sifatida jalb qilingan. 

Jinoyat ishi bo‘yicha viloyat prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik

Baholaganlar

1164

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing