Samarqandda fuqaro elektr korxonasi rahbarini pichoqladi

3-sahifa

image

Samarqand viloyatida tadbirkor korxonasi tez-tez elektr ta’mintonidan uzilib qolayotgani sabab ETK rahbarini pichoqladi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Joriy yilning 12 aprel kuni soat 18:15 larda Kattaqo‘rg‘on tumani “Kadan” MFYda joylashgan “Qoradaryo” elektr tarmoqlari korxonasiga tumanning Saroyqo‘rg‘on mahallasida  yashovchi 36 yoshli O.T. korxona rahbari bilan gaplashish maqsadida kelgan.

Fuqaro elektr tarmoqlari korxonasi rahbaridan o‘zi rahbarligidagi korxonaning elektr ta’minotida nima sababdan uzilishi yuzaga kelayotganini so‘ragan. Shu joyda ular o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqqan. Shundan so‘ng fuqaro o‘zi bilan yonida olib kelgan pichoq bilan korxona rahbarining bo‘yin-yelka sohasiga bir marotaba zarba bergan. Oqibatda ETK rahbari tan jarohati olgan va shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi (xizmat burchini bajarayotgan shaxsga sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni ishlatib, qasddan badaniga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Fuqaro protsessual tartibda ushlanib, qamoqqa olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand

Baholaganlar

348

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing