Samarqandda firibgar ayollar qo‘lga olindi

Jamiyat

image

Kecha, 5 sentyabr kuni Samarqand shahar IIBga xorijiy davlatga ishga yuborishni aytib, pullarini o‘zlashtirib yuborgan shaxs ustidan ariza kelib tushgan.

Unda 2018 yil avgust-dekabr oylarida Intizor ko‘chasida yashovchi 21 yoshli U.A. va M.Ibragimov ko‘chasida yashovchi 38 yoshli L.G‘. ismli ayol Toyloq tumanida yashovchi 34 yoshli M.R. ismli ayolni Isroil davlatiga ishlash uchun yuborishlikni va’da bergani va undan aldov yo‘li bilan 8 ming AQSH dollarini olib, shu kunga qadar bergan va’dalarini bajarmasdan, pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgani ko‘rsatilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, U.A. va L.G‘.lar ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

ayol firibgar

Baholaganlar

73

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing