Samarqandda fermer 2,1 mlrd so‘mlik tokni o‘g‘irladi
3-sahifa
−
10 iyul 3684 1 daqiqa
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida 2,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “M.A.” fermer xo‘jaligi rahbari G.R. tijorat maqsadida suv nasoslarini elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ulab, 2,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm viloyatida 2,2 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MCHJ fosh etilgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr