Kurs UZS

USD

12 968.38

-4.93

EUR

14 343.03

14.01

RUB

152.37

1.18

Samarqandda erkakni pichoq bilan qo‘rqitib, pulini o‘marganlar ushlandi

3-sahifa

image

Samarqand shahrida 44 yoshli erkakni pichoq bilan qo‘rqitib, 1900 dollarini o‘g‘irlagan 23, 24 va 17 yoshli yigitlar ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 30 mart kuni Samarqand shahrida yashovchi 44 yoshli fuqaro R.D. Samarqand shahar IIO FMB “102” qisqa raqamiga murojaat qilib, o‘z arizasida 29 mart kunidan 30 mart kuniga o‘tar kechasi noma’lum shaxslar yashash xonadoniga kirib, pichoq bilan qo‘rqitib, uyidan 1 900 dollar miqdoridagi pullarini olib ketganini ma’lum qilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Samarqand shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan noma’lum shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi (Bosqinchilik) 2-qismi “a” va “b” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov-tezkor harakatlari natijasida 2 nafar 23 yoshli shaxslar jinoyatga aloqador ekani aniqlangan. Bundan tashqari mazkur jinoyatda yana 24 yoshli fuqaro X.S. va 17 yoshli voyaga yetmagan A.F. lar ham bo‘lgani aniqlanib, barcha gumon qilinuvchilar protsessual tartibda ushlangan. Dastlabki tergov davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand shahrida 17 yoshli qiz o‘z uyidan 120 mln so‘mga teng bo‘lgan 15 turdagi tilla-taqinchoqlarni o‘g‘irlagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand o'g'irlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing