Samarqandda erkak sobiq turmush o‘rtog‘ining onasini o‘roq bilan vahshiylarcha o‘ldirdi

3-sahifa

image

Kecha, 19 aprel kuni Samarqand viloyatining Samarqand tumanida erkak sobiq turmush o‘rtog‘ining onasini o‘roq bilan urib, o‘ldirdi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Pastdarg‘om tumanida yashovchi A.B. mast holatda sobiq turmush o‘rtog‘i Sh.R.ning Samarqand tumani, “Qaynama” MFYdagi uyga farzandini ko‘rishga kelgan. Biroq sobiq qaynonasi A.G. uni farzandi bilan uchrashishga qarshilik qilganligi oqibatida yuzaga kelgan o‘zaro janjal davomida, A.B. o‘zi bilan olib kelgan o‘roq bilan ayolning ko‘krak va bel sohalariga qasddan urib, hayoti uchun xavfli bo‘lgan tan jarohati yetkazgan. Natijada u hodisa joyida vafot etgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, marhumaning o‘limi ko‘krak va bel sohasiga o‘n ikki marotaba teshib o‘tuvchi sanchilgan-kesilgan yarasidan o‘tkir qon yo‘qotishidan kelib chiqqan. 

Voqea joyiga viloyat prokurori R.Masharipov, viloyat prokurori birinchi o‘rinbosari X.Qobulov, Samarqand tuman prokurori J.Sanayev, tuman IIB boshlig‘i A.Toshev hamda boshqa tezkor-tergov guruhi a’zolari chiqishgan.

Samarqand tuman prokurori tomonidan fuqaro A.B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u himoya huquqi ta’minlangan holda JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

Hozirda, jinoyat ishi bo‘yicha Samarqand tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Jinoyat ishi tergovi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olindi.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Samarqand

Baholaganlar

286

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing