BP Samarqandda ikki kishi o‘lgan qotillik bo‘yicha ma’lumot berdi
3-sahifa
−
22 noyabr 2020
20851Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatida erkak turmush o‘rtog‘i va uning ma’shuqasini o‘ldirgani haqida xabarlar tarqaldi.
Qotillik joriy yilning 20 noyabr kuni Samarqand shahri Mirzo Ulug‘bek ko‘chasidagi savdo markazida yuz bergan. Guvohlarning aytishicha, 40 yoshlar atrofidagi erkak ikki kishiga pichoq bilan hujum qilgan va jiddiy jarohat yetkazgan. Natijada ular vafot etgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Pastdarg‘om tumanida yashovchi 1978 yilda tug‘ilgan fuqaro turmush o‘rtog‘ini uning ma’shuqasi bilan birga ketayotganda ta’qib qilgan. Rashk sabab erkak ularni odamlar oldida o‘ldirgan.
Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov mazkur jinoyat yuzasidan ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, mazkur fakt bo‘yicha Samarqand shahar prokuraturasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a, j” bandlari bilan jinoyat ishi ochgan.
Gumonlanuvchi M.A. protsessual tartibda ushlangan. Mazkur ish bo‘yicha tergov harakatlari olib borilyapti.
LiveBarchasi