Samarqandda “elektroset” xodimi pora bilan ushlandi
3-sahifa
−
24 Oktabr 2023
7673Samarqandda Elektr tarmoqlari korxonasi(ETK) muhandisi 15 mln pora bilan ushlandi. Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Unga ko‘ra, departamentning Urgut tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Aniqlanishicha, tuman ETK korxonasi muhandisi A.N. va fuqaro Z.J. tadbirkor A.A.ning ishonchiga kirib, umumiy ovqatlanish shoxobchasining elektr ta’minotidan 35,9 mln so‘m qarzdorligini kamaytirib berish evaziga 15 mln so‘mni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
"Hozirda mazkur holat yuzasidan JKning 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda", deyiladi xabarda.
LiveBarchasi