Samarqandda do‘kon yonib ketdi
3-sahifa
−
10 aprel 1344 1 daqiqa
Bugun, 10 aprel kuni Samarqand viloyatining Samarqand tumanida joylashgan do‘konda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 20:23 da 112 tizimi orqali Samarqand tumani “O‘rtashiq” MFY hududida joylashgan savdo do‘konida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida viloyat FVBga xabar tushgan. Shunga ko‘ra, yong‘in qutqaruv ekipajlari yong‘in joyiga soat 20:30 da yetib borib, soat 21:44 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.
Bildirilishicha, hodisa oqibatida jarohat olganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi “Beshqo‘rg‘on” bozorida katta yong‘in sodir bo‘lgandi. Hodisa oqibatida hech kim jarohatlanmagan.
Live
Barchasi