Samarqandda diplom olib berishni va’da qilgan “zamdirektor” ushlandi

3-sahifa

image

Samarqandda fuqaroga texnikumni tamomlagani haqida diplom olib berish evaziga 1 000 AQSH dollari olgan direktor o‘rinbosari ushlandi. Bu haqda  Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Gulobod agrobiotexnologiyalar texnikumi” direktori o‘rinbosari I.Sh. fuqaro U.ni texnikumga o‘qishga kiritib, 2021-2022 o‘quv yili yakuni bilan unga diplom olib berishni va’da qilgan. Buning evaziga esa u fuqarodan talab qilgan 1 000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

pora

Baholaganlar

142

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing